MENU

Ta’lim falsafasi, maqsadlari va ta’lim siyosati

Maktabimizning ta’lim falsafasi mukammal dunyoqarashga ega bo’lgan chet ellik talabalarga ta’lim berish orqali, ularni Yaponiya hamda xalqaro hamjamiyatning turli sohalariga o’z hissasini qo’sha oladigan yetuk kadrlarga aylantirishdan iboratdir.
Ta’limning maqsadi – “chet ellik talabalarni yapon tiliga o’rgatish, ularning yapon tilini bilishlarini yaxshilash, yapon madaniyati va jamiyati haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish, shuningdek, ularga turli sohalarda moslashuvchan, javob berishga imkon beradigan xalqaro dunyoqarashini rivojlantirishdir”. Bizning siyosatimiz iste’dodli inson resurslarini rivojlantirish siyosati doirasida yapon tilida ta’limni to’liq va izchil amalga oshirishdir.
Bundan tashqari, bizning maktabimiz Xitoy, Tayvan, Janubiy Koreya, Vetnam, Indoneziya, Fillipin va Mo’g’uliston kabi Osiyo mintaqalariga qaratilgan bo’lib, biz har kuni ushbu mamlakatlar va hududlardan kelgan chet ellik talabalar bilan umumiy til hisoblangan yapon tilida muloqot qilamiz. O’zaro fikr almashishni chuqurlashtirish va do’stlikni rivojlantirish imkoniyatini berish orqali har bir inson uchun yapon tili bilimlarini oshirish nihoyatda samarali usul deb hisoblaymiz.

Maktab direktoridan salom so’zlari

AOI yapon tili maktabi Aoikai Group tomonidan tashkil etilgan bo’lib, u mahalliy hamjamiyat bilan yaqin aloqada bo’lib, Abiko shahri va boshqa joylardagi ko’plab sog’liqni saqlash va ijtimoiy muassasalarni boshqarish orqali aholi hayotiga o’z hissasini qo’shishga intiladi. Biz kelajakda jamiyatning globallashuv jarayoni kuchayib borishini bilamiz, shuning uchun biz mahalliy hamjamiyat bilan birgalikda ko’p madaniyatli jamiyat qurish uchun ishlashga intilamiz.
Biz Abiko shahrining atrof-muhitini hamda u shaharning ishonchli va xavfsiz, past jinoyatchilik bo’lgan maskanlarini asrashga urinamiz va mahalliy hamjamiyat bilan yaqindan aloqada bo’lgan yapon maktabini boshqaramiz. Tokyo shahri va Narita aeroportiga erkin kirish imkoniyati, shuningdek, Tokyo markaziga eng yaqin bo’lgan tabiiy ko’l – Tega ko’lini tomosha qilishga qulay imkoniyati bor bo’lgan bu tabiatga boy hudud talabalar hayoti uchun mos muhit hisoblanadi. Naoya Shiga va Saneatsu Mushanokoji kabi ko’plab yozuvchilar o’zlarining asarlarini yaratgan Abiko shahrida biz Yaponiyani orzu qilgan yosh xorijliklar o’zlarining yangi hikoyalarini yaratishlari uchun o’quv muhitini yaratamiz.

AOI yapon tili maktabida o’qish usullari

Qabul paytida biz darajani aniqlash testini o’tkazamiz va talabalarning bilim darajasiga qarab sinflarni boshlang’ich va yuqori sinflarga ajratamiz.
Boshlang’ich sinfda biz sizga Xiragana va Katakana kabi yapon tillari asoslarini puxta o’rgatamiz. Yuqori sinfda yapon tili imtihoni JLPTga faol tayyorgarlik boshlanadi.
Ushbu kurs sizga til qobiliyatingizni oshirishga va muloqot qobiliyatingizni yanada boyitishga yordam beradi.

Boshlang’ich daraja
Biz yapon tilining asosiy ko’nikmalarini rivojlantirish uchun”Minna-No-Nihongo Boshlang’ich darajasi” dan foydalanamiz.
Talabalar Hiragana va katakana kabi asoslarni o’zlashtiradilar va boshlang’ich grammatikani o’rganishga intilishadi.
Bundan tashqari, talabalar faol muloqot orqali kundalik suhbat darajasiga va undan yuqori darajadagi muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
O’rtacha daraja
Biz JLPT N2 va undan yuqori til qobiliyatlarini rivojlantirish uchun “Minna-No-Nihongo O’rtacha daraja ” dan foydalanamiz.
Biz nafaqat so’z va grammatikani, balki yozma va ommaviy nutq kabi muhim jihatlarni ham faol ravishda qamrab olamiz.
Talabalar oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish uchun zarur bo’lgan to’rtta “eshitish, nutq, o’qish va yozish” mahoratini oshiradilar.

Kurslar ・O’qish davri

Aprel oyidagi qabul
2 yillik o’qiv kursi
2 yil * Universitetga kirishni istagan talabalar uchun matematika, tabiiy fanlar va umumiy fanlar bo’yicha maxsus mashg’ulotlar shanba kuni ertalab o’tkaziladi.
Oktyabr oyidagi qabul
1.5 yillik o’quv kursi
1 yil-u 6 oy

Manzil

AOI yapon tili maktabi

Manzil: Chiba-ken, Abiko-shi, Tennodai 2-10-5



Talabalar yotoqxonasi

Tennodai talabalar yotoqxonasi

(maktabgacha piyoda 15 daqiqalik yo’l)

Higashi-Matsudo binosi

(maktabga poezdda taxminan 50 daqiqalik yo’l)

Hujjatlarni topshirishdan maktabga qabul qilingunga qadar bo’lgan jarayon

Ro’yxatga olishdan 6 oy oldin

Kurs
Abituriyent maktabga qabul uchun qo’llanma ・ talabalarni qabul qilish bo’yicha ko’rsatmalar orqali qiziqayotgan kursi hamda zarur hujjatlar ro’yxati bilan tanishib chiqishi mumkin.
Ariza topshirish jarayoni
Ariza va kerakli hujjatlarni maktabga kelishdan kamida 6 oy oldin topshirishingizni lozim.
Kirish imtihonlari
Og’zaki suhbat va yozma imtihon o’tkaziladi.

Ro’yxatga olishdan 3 oy oldin

Qabul komissiyasi tekshiruvi
Maktab tomonidan abituriyentning xujjatlari ko’rib chiqilganidan so’ng, ular Yaponiyaning Immigratsiya byurosiga “Muvofiqlik sertifikati”(COE) olish uchun taqdim etiladi. ※ jarayon taxminan 2 oy davom etadi.
Natijalar to’g’risida xabarnoma
Imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tganlarga “Imtihondan o’tgalik haqidagi xabarnoma” va “O’qishga kirish tartibi to’g’risidagi qo’llanma” yuboriladi.
O’qishga qabul qilinish tartibi
“O’qishga kirish tartibi to’g’risidagi qo’llanma” ni o’qib, kerakli protseduralarni belgilangan muddat oralig’ida amalga oshirishingiz lozim.

Ro’yxatga olishdan 1 oy oldin

Ruxsatnomani yuborish
Abituriyentga maktabga qabul qilinganligi to’g’risidagi xujjatlarning asl nusxasini va “Muvofiqlik sertifikati”(COE) ni yuboramiz.
Viza olish
Viza olish uchun qabul qilinganlik ruxsatnomasi hamda “Muvofiqlik sertifikati”(COE)ni mahalliy elchixonaga yoki Yaponiya konsulligiga topshirishingiz lozim.
O’qishga kirish
Yaponiyaga kelish, o’qishga kirish

Mavjud kurslar

2 yillik o’quv kursi

Kursning davomiyligi
2 yil (1600 soat)
O’quv kursining boshlanishi
Aprel
Ariza topshirish muddati
Sentyabr-noyabr (qabul yilidan oldin)
Talabalar soni
40 kishi
Dars soatlari
Tushgacha (AM) 8:50~12:40 Tushdan keyin (PM) 13:00~16:50

1.5 yillik o’quv kursi

Kursning davomiyligi
1.5 yil (1200 soat)
O’quv kursining boshlanishi
Oktyabr
Ariza topshirish muddati
Mart-may (qabul yili)
Talabalar soni
40 kishi
Dars soatlari
Tushgacha (AM) 8:50~12:40 Tushdan keyin (PM) 13:00~16:50

Kirish imtihonlarini o’tkazish bo’yicha ko’rsatma

1. Ariza berish uchun talablar

① Abituriyent xorijda (boshlang’ich maktabdan boshlab bitirguniga qadar) 12 yillik majburiy ta’limni tamomlagan bo’lishi, yaxshi akademik ko’rsatkichlarga va o’qish uchun yuqori motivatsiyaga ega bo’lishi lozim.
② Abituriyent Yaponiya qonunlari va maktab qoidalariga rioya qilishi lozim.
③ Abituriyentning Yaponiyada ta’lim olishi hamda shaxsiy hayoti uchun zarur bo’lgan barcha xarajatlarini to’lash imkoniyatiga ega bo’lgan sponsorning mavjudligi.
④ Abituriyent ariza topshirish vaqtida, o’z mamlakatida 150 soatdan ortiq vaqt davomida yapon tilini o’rgangan va JLPT N5 darajasida bilimi bilishi lozim.
⑤ Abituriyent ariza topshirish vaqtida, o’zi o’qigan so’nggi o’quv muassasasini bitirganidan shu kunga qadar 5 yil o’tmagan bo’lishi lozim.

2. Tanlash usuli

Hujjatlar tekshiruvi / Og’zaki suhbat / Yozma imtihon

Topshiriladigan xujjatlar

No. Topshiriladigan xujjatlar (Abituriyent tayyorlaydigan xujjatlar) Qaydlar Tarjima 2 yillik o’quv kursi 1.5 yillik o’quv kursi
1 Qabul arizasi Maktabning maxsus blankasi
2 Resume Maktabning maxsus blankasi
3 So’nggi o’qigan ta’lim muassasasini bitirganligi to’g’risida guvohnoma Asl nusxa. Hujjat Yaponiyaning immigratsiya byurosi tomonidan tekshirilganidan so’ng abituriyentga qaytarib beriladi.
4 So’nggi ta’lim muassasasining baholari / ballari qayd etilgan ko’chirma Asl nusxa. Hujjat Yaponiyaning immigratsiya byurosi tomonidan tekshirilganidan so’ng abituriyentga qaytarib beriladi.
5 O’qish joyidan ma’lumotnoma Abituriyent ariza topshirish vaqtida universitet yoki magistraturada o’qiyotgan bo’lsa, xujjatni topshirishi lozim.
6 Yapon tilini o’rganganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma
7 Yapon tilini o’rganganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma “JLPT”, “J-TEST”, “NAT-TEST” imtihon natijalari to’g’risida sertifikat.
8 Xorijga chiqish pasporti nusxasi Abituriyent ariza topshirish vaqtiga qadar Yaponiyaga kelgan bo’lsa pasportining barcha sahifalarning nusxasini taqdim etishi lozim.
9 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi
10 6 ta fotosurat (4×3) Ariza topshirgunga qadar bo’lgan so’nggi 3 oy ichida olingan fotosurat bo’lishi lozim.
No. Topshiriladigan hujjatlar (Abituriyentning homiysi tomonidan topshiriladigan hujjatlar) Qaydlar Tarjima 2 yillik o’quv kursi 1.5 yillik o’quv kursi
1 Homiy tomonidan moddiy tomondan qo’llab-quvvatlash haqidagi arizasi Maktabning maxsus blankasi
2 Kafolat xati Maktabning maxsus blankasi
3 Homiyning Abituriyent bilan yaqinligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat Abituriyentning to’liq ism – sharifi, uy manzili, homiy bilan qarindoshchilik aloqalarini tasdiqlovchi hujjat.
4 Bankdagi hisob raqamni tasdiqlovchi ma’lumotnoma Asl nusxa ( hisobda 2 million yendan ortiq summaning mavjudligi).
5 Bank kitobchasining nusxasi Bankdagi hisob raqamini tasdiqlovchi ma’lumotnomaning haqqoniyligini isbotlovchi bank kitobchasining rangli nusxasi.
So’nggi 3 yillik.
6 Daromad haqidagi ma’lumotnoma Hisobga pul o’tkazmalari manbasini tasdiqlovchi oylik/yillik daromadni ko’rsatadigan hujjat. Oxirgi 3 yillik.
7 Ish joyidan ma’lumotnoma Faoliyat turi, ishning tavsifi, lavozimi va ish tarixi yozilgan ma’lumotnoma.
8 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi
9 Tadbirkorlik uchun ruxsatnoma
10 Soliq to’laganlik haqidagi ma’lumotnoma Soliqlar to’langanligini tasdiqlovchi hujjat. Oxirgi 3 yillik
* Talab qilinadigan hujjatlar har bir abituriyentning holatiga qarab farq qilishi mumkin. Qabul uchun zarur bo’lgan hujjatlar borasida maktab bilan bog’lanishingizni so’raymiz.

Hujjatlarni topshirish tartibi

・Ariza topshiriladigan joy

AOI yapon tili maktabi Arizalarni qabul qilish bo’limi

Ariza berish tartibi

Chet eldan xujjatlarni topshirish: abituriyent Aoikai kompaniyasining chet eldagi ofislariga yoki aloqador bo’limlariga ariza va hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Yaponiyadan xujjatlarni topshiri: abituriyent nomidan kimdir uning ariza va hujjatlarni topshirmoqchi bo’lsa, ariza hamda hujjatlar, tanlov to’lovini to’lash vaqtida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan maktabga shaxsan tashrif buyurishi lozim

・ Qabul vaqti

Dsh.-Ju. 9:00-17:00

Hujjatlarni topshirish haqida muhim ma’lumot

・Barcha hujjatlar abituriyent yoki uning homiysi tomonidan to’ldirilishi kerak. Ko’rsatilgan barcha kataklar to’ldirilgan bo’lishi lozim.
・Tuzatishlar kiritilgan yoki shtrixdan foydalanilgan xujjatlar qabul qilinmaydi. Agar tuzatish kiritish kerak bo’lsa, u holda yangi blankadan foydalanib to’ldiring.
・Yapon tilidan boshqa har qanday tilda bo’lgan barcha hujjatlar Yapon tiliga tarjima qilingan bo’lishi va alohida hujjat sifatida ilova qilinishi kerak.
Hujjatning pastki o’ng burchagida tarjima qilingan sanasi va tarjimonning ismi-sharifi ko’rtsatilishi lozim.
・Talab qilinadigan hujjatlar abituriyentning holatiga qarab farq qilishi mumkin.
Vaziyatga qarab abituriyentdan qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkinligini yodda tuting.
・Barcha nusxalar A4 formatidagi qog’oz shaklida bo’lishi lozim.
Har bir xujjatning nusxasining pastki o’ng burchagida nusxa olingan vaqt (yil/oy/kun) va nusxalagan shaxsning ismi-sharifi ko’rsatilishi lozim.
・”Qarindoshlar “abiturientning ota-onasi tomonidan bo’lgan qarindoshidan boshqasi bo’lmasligi kerak.

O’qishga qabul qilinish tartibi

・Imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tganlarga “Imtihondan o’tgalik haqidagi xabarnoma” va “O’qishga kirish tartibi to’g’risidagi qo’llanma” yuboriladi.
・”O’qishga kirish tartibi to’g’risidagi qo’llanma” ni o’qib, kerakli protseduralarni belgilangan muddat oralig’ida amalga oshirishingiz lozim.
●O’qishga qabul qilinish bosqichlari haqida muhim ma’lumot
・Imtihondan muvaffaqiyatli o’tganligi to’g’risida xabar berilgandan so’ng, zarur protseduralar belgilangan muddatda to’liq yakunlanmasa, abituriyent o’qishga kirishdan bosh tortgan deb hisoblaniladi.
・O’qishga kirishdan bosh tortgan abituriyentga kirish to’lovlaridan tashqari kantrakt puli va boshqa to’lovlar qaytarib beriladi.

Yarim-stavkali ish

Chet ellik talabalar haftasiga 28 soatgacha ishlashlari mumkin.
Uzoq muddatli maktab ta’tillarida haftasiga 40 soatgacha (kuniga 8 soat) ishlash mumkin, ammo buning uchun maktabdan ish joyiga maxsus hujjat topshirish kerak.
Bundan tashqari, ishlashni boshlash uchun viza sertifikatidan tashqari faoliyat ko’rsatish uchun ruxsatnoma olish kerak.
Faoliyat ko’rsatish ruxsatnomasini Yaponiyaga kirish vaqtida aeroportning o’zida immigratsiya idorasi tomonidan belgilangan maxsus ariza ilovasini to’ldirib topshirib, shu joyning o’zida qo’lga kiritish imkoniyati mavjud.
Ammo, tungi muassasalarda, kattalar uchun ko’ngilochar joylarda ruxsat etilgan ish soatidan ortiqcha ishlash man etiladi.

Ishni izlash usullari

Yaponiyada qo’shimcha ish joyini quyidagi usullar orqali topish mumkin.
・Internet va jurnallar
・Yuqori kurs talabalar hamda do’stlarning tavsiyalari
・ Ish haqidagi e’lonlarni ko’rib chiqish

AOI yapon tili maktabi

Chiba-ken, Abiko-shi, Tennodai 2-10-5

 TEL.04-7179-1500

 FAX.04-7179-1501

 E-Mail.aoi-jls@aoikai.jp